uz
Главная Aktual yangiliklar Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi

Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi

Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi
Ko'rishlar: 75
22.03.2020 08:38

Britaniyaning Land Rover avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining eng mashhur yo‘ltanlamasi — Range Rover’ning 50 yillik yubileyini nishonladi, deb xabar beradi Motor.

ZAMONA

Yubiley munosabati bilan kompaniya o‘zining barcha yangi modellari sinovdan o‘tkaziladigan Aryeplugda joylashgan poligonida qor ustida eni 260 metr keladigan tasvirni yaratdi.

Qordan turli tasvirlar yaratish bilan tanilgan ijodkor Saymon Bek 53 092 kvadrat metrga kompaniyaning logotipini tushirdi. Buning uchun u to‘rtta Range Rover SV hamrohligida 45 mingdan ortiq qadam tashlab, maydonning markaziy qismi bo‘ylab harakatlandi.

Yubileyni nishonlash doirasida Range Rover’ni ekstremal sharoitda sinash imkoniyati boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Entoni Joshuaga taqdim etildi. Joshua qishda avtomobil haydash bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirib, diametri 260 metrga teng muzli halqa bo‘ylab harakatlandi.

Range Rover oilasi o‘z yubileyini iyun oyida nishonlaydi. 1970-yilda ikki eshikli dastlabki Range Rover paydo bo‘lganidan buyon uning qatoriga Range Rover Sport, Range Rover Evoque va Range Rover Velar kelib qo‘shilgan.

Facebook
Telegram
facebook:
telegram:

Yangiliklar

Ko'proq ko'rish
Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi
22.03.2020 08:38
Britaniyaning Land Rover avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining eng mashhur yo‘ltanlamasi — Range Rover’ning 50 yillik yubileyini…
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 nafarga yetdi. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q
22.03.2020 08:22
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 42 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 21-mart kuni O‘zbekistonda…
O‘zbekistonliklarning Daniya va Benilyuks davlatlarida bo‘lib turish muddati uzaytirildi
22.03.2020 08:16
O‘zbekiston Daniya va Benilyuks davlatlari — Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg bilan fuqarolarning bo‘lib turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga…
Apple onlayn-savdolarga cheklov o‘rnatdi. Endilikda iPhone’ni ikkitadan ortiq buyurtma qilib bo‘lmaydi
22.03.2020 08:09
Apple kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab ayrim mahsulotlarining onlayn-savdosiga cheklov o‘rnatdi. Endilikda bir nafar xaridor kompaniya sayti orqali…

Tahririyat tanlovi

Ko'proq ko'rish
22.03.2020 08:38
Britaniyaning Land Rover avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining eng mashhur yo‘ltanlamasi — Range Rover’ning…
Tafsilotga qarang
22.03.2020 08:22
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 42 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq,…
Tafsilotga qarang
svg_pause svg_search